Agar telefonga suv tushsa, vaqtni boy bermang. Ehtimol, "Layfxaker" ulashgan tavsiyalar qurilmangizni qutqarishga yordam berar.

  1. Telefonni suyuqlikdan imkon qadar tezroq chiqaring. Tabiiyki, qurilma suvda qancha uzoq tursa, unga shuncha ko'p ziyon yetadi.

  2. Agar uskuna ajraluvchi batareyaga ega bo'lsa, uni o'chirishga vaqt ketkazmay, darhol batareyani tashqariga chiqaring. Telefonni ajratilgan holatda yoyib qo'ying. Agar qurilma ajralmaydigan bo'lsa, shunchaki uni o'chiring. Bu qisqa tutashuv ehtimolini kamaytiradi.

  3. Telefon g'ilofda bo'lsa, uni yeching, shunda qurilma tezroq quriydi.

  4. Sim-karta va xotira kartasini tashqariga chiqaring. Bu ularni quritish va apparatda saqlanib qolgan namlikdan xalos etishga yordam beradi.

  5. Gadjyetni quruq gorizontal sathga qo'ying va uning o'ymalari va ochiq yuzasini ehtiyotkorlik bilanqog'oz sochiqda artib tashlang.

  6. Telefonni qog'oz sochiqqa o'rab, ikki sutkaga quruq guruch solingan plastik paketga qo'ying. Bu o'simlik donlarini olish oson va ular namlikni juda yaxshi tortadi, bu esa telefonni qutqarish uchun ayni muddao. Qog'oz sochiq esa kraxmal va guruch donalarining qurilma korpusi va o'ymalariga kirib ketishining oldini oladi.

Telefon qurilmasiga suv tushsa, nimalar tavsiya etilmaydi?

  • Telefonni yoqishga urinmang: mikrosxemalar bo'ylab elektr o'tsa, suv ularni osonlik bilan ishdan chiqarishi mumkin;

  • Hech qachon suvga tushgan yoki namlangan qurilmani elektr tarmoqqa ulay ko'rmang. 48 soat kuting, shundan keyingina telefonni yoqib, quvvatlantirishga kirishing;

  • Qurilmani zarurat tug'ilmasa, ortiqcha harakatga keltirmang, tugmalarini bosmang va suvni purkab chiqarishga urinmang. Buning natijasida suv butun telefonga tarqab ketishi mumkin;

  • Qurilmani quritish uchun fen va boshqa uskunalardan foydalanmang, zero haddan ziyod issiqlik ham unga ziyon yetkazishi mumkin.

Agar qurigan telefon yoqilmasa yoki to'g'ri ishlamasa, uni mutaxassisga ko'rsatish kerak bo'ladi. Usta apparatni tozalab, uning zarar yetgan qismlarini almashtirishni taklif qilishi mumkin.