14:10 / 11.10.2017
9915

Jirinovskiy o‘z IQ ko‘rsatkichini Tramp va Tillerson natijasi bilan taqqoslashni xohlamoqda

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning bayonot berishicha, u o‘z IQ (aqliy salohiyati) ko‘rsatkichini AQSh prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Reks Tillersonning shu boradagi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash niyatida. Jirinovskiyning fikricha, uning aqliy salohiyati amerikalik siyosatchilarning yuqori. 

Avvalroq, Tramp Tillerson prezidentga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgani haqidagi xabarga izoh berar ekan, davlat kotibi va o‘zining IQ testi natijasini qiyoslashni tavsiya qilgan edi. Oq uy matbuot kotibi esa, bu taklifni "hazil" deb atagandi.

"Tramp o‘zining va Tillersonning IQ raqamini taqqoslashni tavsiya qildi. Men o‘zimni ham qo‘shgan bo‘lardim. Kelinglar, uchchovimizning IQ’mizni taqqoslaymiz. Sizlar ulkan Amerika boshida turibsizlar, Rossiyadan ham vakil bo‘lsin… Tillerson ko‘rsatkichi pastroq bo‘ladi, chunki u oddiy neftchi tadbirkor. Tramp, albatta, siyosat bilan ko‘proq shug‘ullangan, biroq u biz Rossiyada oladigan bilimlarni olmagan", — degan Jirinovskiy jurnalistlarga. 

Qator olimlarning IQ koeffitsiyentini tanqid qilganiga qaramay, AQShda keng tarqalgan. 

Mavzuga oid
Top