09:30 / 11.10.2017
8029

JSST: semizlikdan aziyat chekayotgan bolalar va o‘smirlar soni 124 millionga yetdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 11 oktabrda chop etgan tadqiqotida ma'lum qilinishicha, semizlikdan aziyat chekuvchi bolalar va o‘smirlar soni 40 yil ichida 11 marotaba ko‘payib, 2016 yilda 124 mln kishiga yetdi.

Tadqiqot London imperiya kolleji mutaxassislari bilan o‘tkazildi va 40 yil ichidagi eng katta ko‘lamlisi bo‘ldi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab semizlikdan aziyat chekuvchi bolalar va o‘smirlar soni 1975 yilgi 11 mln dan 2016 yilda 124 mln gacha yetgan. Kattalar bo‘yicha statistika ham havas qilza arzigudek emas: semizliqdan aziyat chekuvchi kattalar soni 1975 yilgi 100 mln dan 2016 yilda 671 mln ga yetdi. Yana 1,3 mlrd kishi ortiqcha vazndan aziyat chekadi, biroq hali semizlik chegarasidan o‘tmagan.

Tadqiqot muallifi Majid Izzatiyning aytishicha, semiz odamlar soni aholi jon boshiga daromad past va o‘rta bo‘lgan davlatlarda ko‘paymoqda.  

"Bu xavotirli tendensiyalar nochor oilalarga sog‘lom oziq-ovqat juda qimmatlik qiladigan oziq-ovqat marketingi va davlatlarning oziq-ovqat borasidagi siyosati odamlarga qanday ta'sir qilishini ko‘rsatadi. Ushbu holat semizlikdan aziyat chekuvchi va qand kasalligi kabi kasalliklarga duch  kelishi mumkin bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning butun bir avlodi vujudga kelishini nazarda tutadi", deb aytdi Izzatiy. 

JSST mutaxassisi Leanni Raylining fikricha, semizlikka qarshi kurashishning variantlaridan biri chekishga qarshi kurash dasturlariga o‘xshash siyosat yuritish bo‘lishi mumkin. Jumladan, aholiga oziq-ovqatlar xususiyatlari va ularning vazn to‘plashga ta'sir qilishi haqida ma'lumot berish, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va arzon, yuqori kaloriyali, ko‘plab ishlovlarga uchragan oziq-ovqatni iste'mol qilishni kamaytirish targ‘iboti bunda ko‘mak beradi. Shuningdek, ko‘krak suti bilan ovqatlantirishda zarur bo‘lgan to‘g‘ri ovqatlanish prinsiplarini tushuntirishga katta e'tibor qaratish lozim, chunki ko‘krak bilan emizish va bolalardagi semizlik o‘rtasida kuchli bog‘liqlik borligi isbotlangan.

Mavzuga oid
Top