15:00 / 12.10.2017
12956

1 yildan ortiq vaqt qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ushlandi

2017 yilning 8 oktabr kuni Chilonzor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Andijon shahri hududida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etganligi uchun 2016 yil 1 oktabr kuni Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan N.M. ushlandi. 

Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi veb-sayti xabar berdi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top