09:32 / 12.10.2017
15508

Andrey Malaxov o‘z telekompaniyasiga asos soldi

Foto: RIA Novosti / Maksim Bogodvid

Teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘z televizion kompaniyasiga asos soldi, deb yozmoqda Malaxov bosh muharriri bo‘lgan StarHit jurnali.

Nashrning xabar berishicha, kompaniyaga "TV Xit" nomi berilgan va uning faoliyati teleloyihalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Malaxovning TV-kompaniyaning ustav kapitalidagi ulushi 50 foiz bo‘lib, qolgan 50 foizi prodyuser va mediamenejyer Aleksandr Mitroshenkovga tegishli.

Avvalroq Malaxov «Rossiya 1» kanalida «Jonli efir» dasturiga boshlovchilik qilishni boshlagandi, u bu kanalga Birinchi kanalda 25 yil ishlaganidan keyin o‘tib ketdi.

Mavzuga oid
Top