21:15 / 12.10.2017
8415

BAA Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi

Foto:AFP

Birlashgan Arab Amirliklari Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi. Shu sababli BAA Shimoliy Koreyaning diplomatik missiyasi to‘xtatilishini ma'lum qildi va o‘zining Pxenyandagi  elchisini ortga chaqirtirib olmoqda. Bu haqda BAA tashqi ishlar vazirligining bayonotiga iqtibos keltirgan holda amirlikning WAM axborot agentligi xabar berdi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, BAA Shimoliy Koreya fuqarolariga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga litsenziyalar va yangi vizalar berishni to‘xtatadi.

Ta'kidlanishicha, bu qaror BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanning yadro va raketa sinovlariga qarshi qabul qilgan rezolyutsiyalariga muvofiq qabul qilindi. 

5 avgustda BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni kuchaytiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Yangi sanksiyalar Pxenyanni eksportdan oladigan yillik 3 mlrd dollarlik daromadining uchdan biridan mahrum qiladi. 

Mavzuga oid
Top