11:57 / 12.10.2017
8952

«Epika»ni sotishdan tushgan 44 mln. so‘mni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan shaxs ushlandi

2017 yilning 21 avgust kuni, A.I. o‘zganing mulkini aldov va ishonchini suiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Chilonzor tumani hududida, fuqaro F.M.ning ishonchiga kirib, unga “Epika” rusumli avtomashinasini 44.000.000 so‘m pullarga sotishda yordam berishini bildirib, mazkur avtomashinani boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirgan, biroq xaridordan olingan pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va A.I.ni ushlash choralari ko‘rilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, A.I. aniqlangan va ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top