Yakunlanib borayotgan 12 oktabr, payshanba kuni O'zbekistonda va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.

O'ZBeKISTON:

Kunning asosiy voqeasi — BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi din va e`tiqod erkinligi masalasi bo'yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahid O'zbekistonda din va e`tiqod erkinligi borasidagi hozirgi vaziyat haqidagi fikrlarini bildirdi. Jumladan, u «O'zbekiston diniy bag'rikenglikdan din va e`tiqod erkinligiga o'tish kerak», «O'zbekistonda din va e`tiqod, vijdon erkinligi haddan ortiq tartibga solinadi» dedi.

Kunning ikkinchi yarmida Ahmad Shohidni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudi P. Borovskiy nomli tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimov ishi bo'yicha 7 kungi sud majlisi o'tkazdi. Unda kutilmagan ko'rsatma berildi, hamshira marhum ko'pchilik tomonidan do'pposlangan bo'lganini aytdi.

Kunning boshqa muhim xabar va yangiliklari:

O'zbekistonning yangi elchisi AQShga jo'nab ketdi

O'zbekiston nisbatan erkin bo'lmagan iqtisodiyotga ega davlatlar ro'yxatiga kiritildi

Mirziyoyev O'zbekistonda tarbiya masalalariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazishni taklif qildi

Toshkentda O'zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo'lib o'tdi

Nurotadagi «Chashma» majmuasi rekonstruksiya qilinadi

O'zbekiston-Rossiya harbiy hamkorlik rejasi Dushanbeda imzolanadi

MXX Toshkentga kuchli ta`sirga ega dorilarni yetkazib beruvchilardan birini qo'lga oldi

 

TAHLILIY XABAR VA MAQOLALAR

Fotoreportaj: Maktab formalarining yangi namunalari namoyish etildi

IIB bilan jamoat tartibini saqlash borasidagi xizmatlar uchun shartnoma qanday tuziladi?

O'z ixtiyori bilan qurol qayerga topshiriladi?

Kim va qanday tartibda harbiy kafedraga qabul qilinadi?

Dubaydan gapiramiz... O'zbekistonlik migrantlar uchun Amirliklarda qanday muammolar bor?

Yosh tadbirkorlar uchun: arzon va samarali reklamaning 9ta siri

 

JAHON

XVJ: jahon yangi moliyaviy inqiroz tahdidi ostida

AQSh bombardimonchilari Shimoliy Koreyaga zarba berishni mashq qildi va AQShning zarba beruvchi suv osti kemasi Yapon dengiziga kirdi

AQSh YuNeSKOdan chiqishini ma`lum qildi

«Qirg'izistonda Markaziy Osiyo tarixidagi eng erkin va eng halol saylovlar bo'ladi» - The Guardian

Atamboyev O'zbekiston bilan chegaraning qolgan qismi bo'yicha kelishuvni tezlashtirmoqchi

Qozog'iston vs Qirg'iziston: mojaro transport sohasiga ham yetib keldi

«Janubiy Koreya Markaziy Osiyoda katta iqtisodiy sakrashga tayyorlanmoqda»

Kaliforniya o'rmon yong'inlari 3,5 mingta binoning kulini ko'kka sovurdi

 

QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR

Amerikaliklar nimadan ko'proq qo'rqishi aniqlandi

Shveytsariyada har yili o'nlab kilogramm oltin oqizib yuborilishi aniqlandi

Boeing boshqaruv xonasidan olingan video foydalanuvchilarning parvozga rag'batini susaytirdi

BMT: Dunyoda 1 milliarddan ortiq qiz bor va ularning barchasi katta salohiyatga ega

Inson ruhiy quvvatini so'rib oluvchi 11ta eng yomon odat

Dunyoning eng xavfli va eng xavfsiz shaharlari ma`lum qilindi

Rost yo yolg'on? Maktabda bizni qanday aldashgan?

 

SPORT XABARLARI

Messi Argentina safida 10 oydan beri gol urayotgan yagona futbolchi bo'ldi biroq Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida uni ortda qoldirdi

Toshkent xokkey klubi 2018 yoki 2019 yilda KXL a`zosi bo'lishi mumkin

O'zbekiston chempionatida o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatish yo'lga qo'yildi

Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi

JCh-2018ni bezashi mumkin bo'lgan, ammo omadsiz 4 terma jamoa

Statistika. Ispaniya Germaniyadan qaysi jihatlari bilan ustun?