22:40 / 12.10.2017
6900

Isroilning YuNeSKOdagi elchisi davlatini tashkilotdan chiqishga chaqirdi

Foto: AFP 2017 / Mal Langsdon / Pool

Isroilning YuNeSKOdagi elchisi Karmel Shama-Koen davlatini AQShdan o‘rnak olib, YuNeSKOni tark etishga chaqirdi.

AQSh hukumati 12 oktabrda 2019 yildan tashkilot tarkibidan chiqishi va unda kuzatuvchi sifatida ishni davom etirishini e'lon qildi.

"Bugungi kungacha biz YuNeSKOning aqlsiz qarorlariga qaramasdan, undan chiqishimiz kerakmas, deb hisoblardik. Hozir, AQSh asosan Isroilning YuNeSKOda ta'qib qilinishi sababli undan chiqayotganda, fikrimcha, ular bilan birga biz ham zudlik bilan chiqishimiz kerak", deb yozgan diplomat Facebook’dagi sahifasida.

Shama-Koen bu uning shaxsiy fikri ekanligini va yakuniy so‘zni bosh vazir Binyamin Netanyaxu aytishini ta'kidlab o‘tdi. 

Isroil bilan YuNeSKO o‘rtasida tarang munosabatlar vujudga kelgan. Xalqaro tashkilotda Isroilning Al-Qudsning tarixiy markazini nazorat qilishi bo‘yicha bahslashib kelinadi.

YuNeSKO Isroilni okkupatsion davlat deb ataydi, u tomondan Al-Quds va Iordan daryosining G‘arbiy sohilida olib boriluvchi qazilma ishlari va boshqa faoliyat xalqaro huquqning buzilishi sifatida qoralanadi.

Top