07:46 / 12.10.2017
39879

Mashhur Toj-Mahal Hindistonda diqqatga sazovor joylar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi

Foto: freepik.com

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati turizm vaziri Rita Bauguna Joshi Utter Pradesh Tourism – Unlimited Possibilities (Uttar-Pradesh turizmi – cheki yo‘q imkoniyatlar) deb nomlangan kitobchaning yangi versiyasini taqdim qildi. E'tiborlisi, sayyohlarga tashrif buyurish tavsiya qilinuvchi diqqatga sazovor joylar ro‘yxatidan Toj-Mahal maqbarasi chiqarib tashlangan. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda

Shtat bosh vaziri Yogi Adityanatx esa mehmon bo‘lib kelgan taniqli insonlarga Toj-Mahalning kichik nusxalarini sovg‘a qilish odatini tanqid qilib keladi.

"Toj-Mahal va uning minoralari asl hind madaniyatini aks ettirmaydi", deb aytgan bosh vazir. Adityanatx o‘ta millatchi qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi "Bxaratiya janata" partiyasi a'zosi hisoblanadi.

Bu orada Adityanatx bosh qohini hisoblanuvchi Gorakshanatxa induizm ibodatxonasiga bukletning butun bir sahifasi bag‘ishlangan. 

Top