12:40 / 12.10.2017
25
6827

Oculus yangi virtual reallik shlemini taqdim etdi

Foto: Oculus Go

Oculus kompaniyasi Oculus Go virtual reallik shlemini namoyish etdi. Uni Oculus Connect anjumanida Facebook rahbari Mark Tsukerberg taqdim qildi.

Oculus Go telefon yoki kompyuterga ulanmasdan ishlaydi. U kelasi yil boshida savdoga chiqariladi va 199 dollardan sotiladi. Qurilma ichki o‘rnatilgan audiotizim va 2560 ga 1440 pikselli ekran bilan jihozlangan. Oculus Go shlemining boshqa tavsiflari oshkor qilinmagan. 

Mark Tsukerberg shlemni namoyish etar ekan, Oculus kompaniyasining navbatdagi maqsadi — VR mahsulotlaridan foydalanayotganlar sonini 1 mlrdga yetkazishdir. Yangi Oculus Go esa, uning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadga yetishishda yordam beradi. 

Oculus kompaniyasi yangi mahsulotini taqdim etishi barobarida o‘zining eng talabgir modeli Oculus Rift narxini tushirdi. Endilikda Oculus Rift 599 emas, 399 dollar turadi.

Foto: Oculus Go

Oculus Connect anjumanida Santa Cruz shlemi ham namoyish etildi. Qurilma 2018 yil noyabr oyida ishlab chiqaruvchilarga yuboriladi. Santa Cruz tavsiyalari umuman oshkor qilinmayapti. 

Oculus kompaniyasi 2014 yildan Facebook kompaniyasiga tegishli. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top