13:40 / 13.10.2017
5862

2 ta qopda 30 kg.dan ortiq marixuana topildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 3 oktabr kuniga o‘tar kechasi, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida harakatlanib ketayotgan VAZ-2109 rusumli avtomashina ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomashinada bo‘lgan Olmaliq shahrida yashovchi uch nafar 19, 25, 27 yoshdagi shaxslardan 2 ta qopga joylangan jami 30 kg. 773 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top