11:35 / 13.10.2017
5393

Xitoy kompaniyalari vakillari «Angren» EIZga tashrif buyurdilar

Xitoyning New Zhong Yuan Ceramics Enterprise Group, Guangdong Qiaozi Building and Material Co., Ltd., Foshan Yehua Ceramic Machinery and Equipment Co., Ltd. i Foshan Sanshui Xinejia Paper Industries Co., Ltd. kompaniyalari vakillari Angren EIZga tashrif buyurdilar.

Tashrifning maqsadi - loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatishning amaliy jihatlarini muhokama qilish, shuningdek, Angren EIZning sanoat infratuzilmasi va mintaqaning xom-ashyo bazasi bilan tanishish, keyin esa keramik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir, deya xabar beradi Angren EIZ matbuot xizmati.

Tashrif chog‘ida mehmonlarga biznes yuritish uchun yaratilgan investitsion imkoniyatlar va shart-sharoitlar, infratuzilmani rivojlantirish va Angren EIZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Top