17:10 / 13.10.2017
17352

Xitoyda terrorchilarga qarshi lazer qurol ishlab chiqildi

Foto: Global Look Press

Xitoyning Hongfeng kompaniyasi terrorchilar va ekstremistik tashkilotlar a'zolariga qarshi kurashishga mo‘ljallangan lazer qurolni ishlab chiqdi. Global Times nashrining yozishicha, yangi qurol 200 metrgacha bo‘lgan nishonlarni yo‘q qila oladi. 

Lazer Xitoy aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan ilk marotaba aksilterror mashg‘ulotlarda jamoatchilikka namoyish etildi. Qurol to‘plamiga optik nishon olgich, yordamchi quvvat manbasi, o‘t ochish va lazer nurlashni masofadan boshqarish qurilmasi kiradi. 

"Lazer quroli boshqa qurollardan farqli ravishda dushmanni juda katta tezlikda va aniqlikda yo‘q qiladi", - degan muhandis-konstruktor Yan Achje.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremistlarga qarshi kurashning yangi vositasi foydalanishda ancha qulay, chunki o‘t ochishda orqaga qaytish impulsiga ega emas. 

Top