11:30 / 13.10.2017
9975

Qozog‘iston MSK a'zolari Atamboyev tufayli Qirg‘izistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortishmoqda

Foto: Kloop.kg

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Marat Sarsembayev Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz. Marat Sarsembayev bu haqda Qozog‘iston MSK yig‘ilishida ma'lum qilgan.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi a'zolari Sarsembayevning qarorini ma'qullashgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 15 oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka 13 kishining nomzodi ilgari surildi.

Mavzu
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi

15 oktabr kuni Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Saylovchilar 11 nafar nomzod orasidan mamlakatning kelgusi prezidentini tanlashlari kerak.

Barchasi
Mavzuga oid
Top