20:43 / 14.10.2017
9064

Haynkesning ilk o‘yinida "Bavariya" yirik hisobda zafar quchdi

Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionatida 8-tur o‘yinlari boshlandi.

Yupp Haynkes qo‘l ostida ilk o‘yinini o‘tkazgan "Bavariya" o‘z maydonida "Frayburg"ni tor-mor etdi. Raqib darvozasiga yo‘llangan 4ta gol Koman, Alkantara, Levandovski va Kimmix hisobiga yozildi. Yana bir to‘pni mehmonlar futbolchisi o‘z darvozasiga yo‘lladi.

"Hoffenhaym" qiyin kechgan bahsda "Augsburg"ni mag‘lub etolmadi. "Shalke" safarda "Herta" klubidan ustun keldi.

Ayni paytda, chempionat jadvalini Dortmundning "Borussiya" klubi 19 ochko bilan boshqarib kelmoqda. "Qovog‘arilar" 8-tur o‘yinini kechroq, "RB Leyptsig" klubiga qarshi o‘tkazadi. 

Ikkinchi o‘rinni 17 ochko bilan "Bavariya" egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan "Hoffenhaym" hisobida 15 ochko bor.

Germaniya chempionati, 8-tur
14 oktabr

Hoffenhaym-1899 – Augsburg 2:2 
Gollar: 1:0 – 52 Xyubner, 1:1 – 75 Gregorich, 2:1 – 85 Ut, 2:2 – 89, avtogol Fogt. 
Hoffenhaym-1899 – Baumann, Fogt, Posh, Xyubner, Tsuber (Shults, 84), Gayger, Demirbay (Kaderjabek, 59), Amiri (Grillich, 76), Kramarich, Vagner, Ut.
Augsburg – Xitts, Xinteregger, Gaueleu, Maks, Danzo (Rixter, 87), Ku Chja Chxol (Moravek, 82), Bayyer, Kayubi, Xeller, Opare, Finnbogason (Gregorich, 62).
Ogohlantirish: Posh (63).
 
Bavariya – Frayburg 5:0 
Gollar: 1:0 – 8, avtogol Shuster, 2:0 – 42 Koman, 3:0 – 63 Alkantara, 4:0 – 75 Levandovski, 5:0 - 90+2 Kimmix. 
Bavariya – Ulrayx, Alaba, Boateng (Zyule, 82), Xummels, Martines (Rudi, 70), Robben, Kimmix, Alkantara, Koman, Levandovski, Myuller (Tolisso, 78).
Frayburg – Shvolov, Gyunter, Seyundjyu, Linxart, Shtentsel, Xefler, Shuster, Xaberer, Frantts (Rave, 71), Kent (Petersen, 66), Niderlexner (Terratsino, 76).

Hannover 96 – Ayntraxt F 1:2 
Gollar: 0:1 – 10 Aller, 1:1 – 36 Sane, 1:2 – 89 Rebich. 
Hannover 96 – Chauner, Anton, Xyubner, Ostjolek, Sane, Bakaloj (Klaus, 68), Shvegler, Karaman, Korb, Fyullkrug (Bebu, 61), Xarnik (Jonatas, 85).
Ayntraxt F – Gradetski, Abraam, Tavatxa (Villems, 46), Chendler, Russ, Xasebe, Volf (Barkok, 68), Boateng, Gachinovich, Rebich (Salsedo, 90), Aller.
Ogohlantirishlar: Xasebe (17), Chendler (26), Xyubner (45), Ostjolek (78), Gachinovich (80), Klaus (86).

Maynts – Hamburg 3:2 
Gollar: 1:0 – 2 Maksim, 1:1 – 9 Uolas, 2:1 – 52 Bell, 3:1 – 58 Lattsa, 3:2 – 90, penalti Salixovich. 
Maynts – Adler, Bell, Brosinski, Donati, Diallo, Kvayson (Muto, 68), Maksim (Serdar, 61), Oztunali (Kodro, 88), Lattsa, De Blasis, Gbamen.
Hamburg – Mateniya, Mavray, Sakai, Dikmayyer, Ekdal, Yung, Xunt, Uolas (Shipplok, 66), Ito (Kostich, 55), Vud (Salixovich, 79), Xan.
Ogohlantirish: Mavray (42), Diallo (73).

Herta – Shalke-04 0:2 
Gollar: 0:1 – 54, penalti Gorettska, 0:2 – 78 Burgshtaller. 
Herta – Yarsteyn, Rekik, Shtark, Plattenxardt, Vayzer (Lazaro, 65), Duda (Zelke, 46), Shelbred, Xaraguti, Darida, Pekarik, Kalu (Lekki, 46).
Shalke-04 – Fermann, Naldo, Kerer, Ochipka, Xarit (Konoplyanka, 67), Kalidjuri, Gorettska, Stambuli, Mayyer (Shopf, 87), Burgshtaller (Reze, 81), Di Santo.
Ogohlantirishlar: Mayyer (30), Darida (39), Stambuli (66).
Chetlatish: Xaraguti (44).

Top