21:24 / 14.10.2017
18125

APLda sensatsiya, Manchesterda «gollar yomg‘iri»

Angliya premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va unda kutilmagan natijalar qayd etildi.

London derbisi nomini olgan «Kristal Pelas» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda shu kunga qadar ochko jamg‘arish tugul, birorta gol ham kirita olmagan mezbonlar kutilmaganda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. Jamoaning APL yangi mavsumidagi ilk goli avtogolga aylandi.

«Manchester Siti» esa o‘z uyida «Stok Siti»ni qabul qilib, klub uchun APLdagi rekord 7ta gol kiritdi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. Endi Gvardiola shogirdlari hisobida 22 ochko mavjud va ular eng yaqin ta'qibchisi, hamshaharlarini 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Shuningdek, bu turda «Tottenhem» va «Suonsi» g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Byornli» va «Vest Hem» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi.

Angliya premer-ligasi, 8-tur

Kristal Pelas – Chelsi 2:1 (2:1)

Gollar: Aspilikueta (11, avtogol), Zaa (45+1) – Bakayoko (18).
Kristal Pelas: Speroni, Sako, Uord, Denn, van Anxolt, Milivoyevich, Makartur (Fosu-Mensa, 85), Kabay (Ridevald, 86), Taunsend, Zaa, Shlupp (Panchon, 75).
Chelsi: Kurtua, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Mozes (Dzappakosta, 40), Azar, Bakayoko, Villian (Musonda, 65), Fabregas, Keyhill, Batshuayi (Pedro, 57).
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (71), Denn (83), Bakayoko (87).

Manchester Siti – Stok Siti 6:2 (3:1)

Gollar: Gabriel Jyezus (17, 55), Sterling (19), Silva (27), Fernandino (60), Sane (62), Bernardu Silva (79) – Diuf (44), Uoker (47, avtogol).
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva, Fernandino (Ture, 73), Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 66), Sane, Gabriel Jyezus (Bernardu Silva, 63).
Stok Siti: Batlend, Zuma, Kemeron, Vimmer (Martins Indi, 46), Edvards (Sobxi, 53), Shakiri, Fletcher, Piters, Xese (Afellay, 46), Shupo-Moting, Diuf.
Ogohlantirish: Afellay (90+1).

Byornli – Vest Hem 1:1 (0:1)

Gollar: Vud (85) – Antonio (19).
Byornli: Poup, Tarkovski, Uord (Barns, 81), Louton, Mi, Kork, Defur, Xendrik (Vouks, 46), Breydi, Arfild (Gudmundsson, 46), Vud.
Vest Hem: Hart, Fonte, Kressuell, Sabaleta, Rid, Antonio, Lansini (Masuaku, 88), Kuyate, Arnautovich (Obiang, 46), Kerroll, Ernandes (Sako, 75).
Ogohlantirishlar: Kerroll (25), Defur (41), Obiang (80), Rid (85), Vud (86).
Chetlatish: Kerroll (27).

Suonsi – Haddersfild 2:0 (1:0)

Gollar: Abraham 42, 48).
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Fer (Ki Son Yen, 73), Britton (Klukas, 84), Kerroll, Narsinx (Dayyer, 76), Abraxam, Ayyu.
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Meloun (Leve, 81), Smit, Shindler, van La Parra, Xogg (Muy, 46), Ins, Billing (Uilyams, 60), Kachunga, Depuatr.
Ogohlantirishlar: Fer (2), Shindler (25), Xogg (45), Smit (45), Yorgensen (45), van La Parra (66).

Tottenhem – Bornmut 1:0 (0:0)

Gol: Eriksen (47).
Tottenhem: Loris, Sanches, Vertongen, Tripper, Alderveyreld, Dayyer, Uinks, Eriksen, Alli (Nkudu, 90), Keyn (Lorente, 85), Son Xyn Min (Sissoko, 75).
Bornmut: Begovich, Kuk, Ake, Deniels, Frensis, Stanislas (Defo, 75), Kuk (Musse, 83), Gosling, Serman, King, Smit (Ayb, 75).
Ogohlantirishlar: Kuk (27), Smit (38), Vertongen (84), Begovich (90).

Mavzuga oid
Top