10:51 / 14.10.2017
9921

NASA fazogirlari koinotda spinner bilan tryuk ko‘rsatishdi (video)

NASA fazogirlari Xalqaro koinot stansiyasidagi vaznsizlik holatida oxirgi mahal urf bo‘lgan ermak – spinner o‘zini qanday tutishini namoyish qilishdi.

Ushbu antiqa ko‘ngilxushlik qayd qilingan videoda nafaqat spinnerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini, balki fazogirlarning ham bu borada undan qolishmasliklarini ko‘rish mumkin. Videoni fazogirlar Jozef Akaba, Rendolf Jyeyms Breznik, Mark Vande Xey va Paolo Nespoli suratga olishgan.

Mavzuga oid
Top