08:20 / 15.10.2017
5343

Hongkongda kuchli to‘fon kelishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Foto: EPA

Hongkongda "Xanun" to‘foni yaqinlashishi sababli shtorm ogohlantirishi e'lon qilindi. Bu haqda Hongkong meteorologik observatoriyasida ma'lum qilindi.

To‘fonning xavfliligi mumkin bo‘lgan 10 balldan 8 ballga baholangan.

To‘fon 15 oktabr kunduzi Hongkongdan 200 km uzoqlikda o‘tishi kutilmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognozicha, kechki vaqt kuchli suv ko‘tarilishi yuz beradi va bu pastqam hududlarning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin.

Top