21:00 / 16.10.2017
9889

iPhone X'ning ilk partiyasi zavodni tark etdi

Xitoylik manbalarga ko‘ra, nihoyat, iPhone X'ning birinchi partiyasi yetkazib beruvchilarga jo‘natildi. Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, partiya ikki mamlakatga mo‘ljallangan, yetkazib beriluvchi qurilmalarning umumiy soni 46 500 tani tashkil qiladi. Bu avvalgi modellarga nisbatan ancha kam, shunday ekan, smartfon yetishmovchiligi kutilmoqda, deyiladi Hi-Tech nashrida.

3 noyabrga ulguriladimi?

Manbaga ko‘ra, birinchi iPhone X Niderlandiya va Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natilgan. Bu 3 noyabrga qadar Foxconn zavodini yana bir necha partiya tark etishini bildiradi.

Yangi yilgacha sotib olishning iloji yo‘q

Apple "flagmanlarining flagmani"ni ishlab chiqarish hajmiga doir so‘nggi baholar haftasiga 400 ming donani tashkil qilmoqda. Hatto buyurtma ijrosi orqaga surilsa-da, baribir Yangi yilgacha, ehtimol undan keyin ham davom etuvchi defitsit yuzaga keladi.

Talab — 1 000 000 dona

Manbaga ko‘ra, zavodning "samaradorligining pastligi"  TrueDepth 3D-kamera komponentlarining yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Bundan avval kuniga 10 mingdan kamroq iPhone X ishlab chiqarilishi haqida xabar qilingandi - bu esa kamligi aniq. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilma sotuvga chiqqunga qadar iPhone X'ga bo‘lgan talab 1 milliondan kam bo‘lmaydi.

Top