15:48 / 17.10.2017
6102

Poroshenko Ukraina deputatlarini daxlsizlikdan mosuvo qilishni rejalashtirmoqda

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning bayonot berishicha, mamlakatda deputatlik daxlsizligini bekor qilish va Korrupsiyaga qarshi sudni tashkil etish korrupsiyaga qarshi kurashning muhim qismidir. 

"Deputatlik daxlsizligini bekor qilish Korrupsiyaga qarshi sudni tashkil etish singari Yevropa kengashining Venetsiya komissiyasining tavsiyalari bilan joriy etiladi. Bu korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tarkibiy qismidir", - deb yozgan Poroshenko Facebook sahifasida.

Poroshenkoning tasdiqlashicha, u "Oliy Radaga jazoga tortilmaslik kafolati bo‘lib qolgan deputatlik daxlsizligini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritgan". Korrupsiyaga qarshi kurash sudini tashkil etishni moliyalash esa, 2018 yil byudjyetida nazarda tutilgan. 

Top