08:56 / 18.10.2017
6576

2,5 ming milliarderning davlati 150 ta davlat YaIMga teng

Foto: AP

2,5 ming milliarderlarning umumiy hajmi 7,7 trillion dollardan ortiqni tashkil qiluvchi boyligi jahondagi barcha davlatlarning beshdan to‘rt qismi yalpi ichki mahsulotiga (YaIM) teng. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakili Richard Kolloj seshanba kuni «Turli dunyodagi hayot» hisobotini taqdim etish jarayonida ma'lum qilgan. Hisobotda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik muammosiga katta e'tibor beriladi.

«Bugungi kunda dunyodagi 2473 milliarderning boyligi dunyodagi barcha mamlakatlarning 2015 yil holati bo‘yicha to‘rtdan besh qismi yalpi ichki mahsulotiga teng», - dedi Kolloj. UNFPA hisobotida sayyoradagi barcha milliarderlar moliyaviy aktivlarini 7,7 trillion dollardan ortiqqa baholagan Wealth-X tahlil kompaniyasi ma'lumotlari keltiralida. «Bu shuni anglatadiki, ba'zi uylar milliardlab dollarga ega byudjyetni tasarruf qilsa, yuz millionlab oilalar kuniga 1.25 dollardan kam mablag‘ evaziga yashashga urinishmoqda. Boy va kambag‘allar o‘rtasidagi ulkan farq nafaqat adolatsiz, balki iqtisodiyot, jamiyat va davlatni tahdidga soladi», - deyiladi hujjatda.

Richard Kollojning ta'kidlashicha, davlatlar o‘rtasidagi farq «umuman olgan kamaymoqda», lekin u «davlatlarning ichida, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchaymoqda». UNFPA ma'lumotlariga ko‘ra, 2008 yildan 2013 yilga bo‘lgan davrda ijtimoiy farq jahonning 34 davlatida oshdi, shu bilan birga, aholining badavlatroq qismining 60 foizi daromadi boshqalarga nisbatan tezroq o‘sgan. Kollejning so‘zlariga ko‘ra, aholining o‘ziga to‘q va kam ta'minlangan qismi o‘rtasidagi juda katta farq, mamlakatlarning o‘zi uchun aniq salbiy oqibatlardan tashqari, BMTning 2015 yildagi Barqaror rivojlanish sohasidagi Maqsadlariga erishishni so‘roq ostida qoldiradi. Uning eng asosiy maqsadi esa - 2030 yilga kelib qashshoqlikni bartaraf etishdir.

UNFPA hisobotini e'lon qilish 17 oktabr kuni nishonlangan Xalqaro qashshoqlikni yo‘q qilish kuniga to‘g‘ri keldi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ushbu sana munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida dunyoda 800 millionga yaqin odam qashshoqlik chegarasida yashashini xabar qildi. Uning eslatishicha, 2015 yilda BMTga a'zo bo‘lgan 193 davlat 2030 yilgacha rivojlanish kun tartibini tasdiqladi, unda barcha insonlarga xavfsiz sayyorada munosib turmushni ta'minlashga va'da berilgan. BMT Bosh kotibi hukumatlarni ushbu va'dani bajarishga chaqirdi. 

UNFPA hisobotida bu yil jinsiy va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishga aholida e'tibor qaratilgan. Jamg‘arma ma'lumotlariga ko‘ra, har yili rivojlanayotgan mamlakatlarda «89 million nikohsiz homiladorlik, 48 million abort, 10 million holatda bola tashlash va 1 million o‘lik bola tug‘ilishi kuzatiladi».

Top