09:16 / 18.10.2017
9298

Xitoy Tayvanning mustaqil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: AP

Pekin "yagona Xitoy" siyosatini izchil davom ettiradi va Tayvanning mustaqillikka erishishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Xitoy Kompartiyasi 19-qurultoyi ochilishida Xitoy raisi Si Tszinpin aytib o‘tdi.

"Biz oroldagi barcha salbiy xarakterdagi siyosiy o‘zgarishlarni tartibga solishga, ayirmachilik kuchlarini bosgan holda, Tayvan mustaqilligiga barcha kuchlar bilan qarshilik qilishga harakat qilamiz", deb aytgan Xitoy raisi. 

Uning aytishicha, Pekin Tayvan bo‘g‘ozi va unga tutashgan hududlarda tinchlikni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor.

Qurultoyda 2,3 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda. Qurultoy 24 oktabrgacha davom etadi. Unda oxirgi 5 yil ichida partiya amalga oshirgan ishlar natijalarini ko‘rib chiqish, Xitoy va boshqa davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni muhokama qilish, yaqin yillar uchun davlatning rivojlanish yo‘lini belgilab olish rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid
Top