13:52 / 18.10.2017
22959

Qirg‘iziston bosh vaziri Qozog‘istonga parvoz qildi

Foto: AKIpress

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov bugun, 18 oktabr kuni Ostona shahriga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, 17 oktabr kuni Qozog‘iston hukumati rahbari Boqijon Soqintayev bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan, unda uchrashuv haqida kelishuvga erishilgan.

Avvalroq Almazbek Atamboyev qozoq milliarderlari Qozog‘iston va Nazarboyev haqida emas, o‘z kelajagi haqida o‘ylayotganini ma'lum qilgandi.

Top