12:22 / 18.10.2017
138008

Ramzon Qodirov Buxorodagi kutilmagan uchrashuv haqida so‘zlab berdi

Foto: Telegram/Kadyrov_95

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Buxoroda 1950-yillardan buyon O‘zbekistonda yashayotgan chechenistonlik keksa ayol Bo‘ku Umayeva bilan uchrashdi. Bu haqda Checheniston rahbari Telegram kanalida ma'lum qildi.

R.Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, ayol kutilmaganda unga yaqinlashgan. U genotsid vaqtida Chechenistondan chiqarib yuborilgan.

"U kelib, meni quchoqladi, minnatdorchilik bildirdi. Buni men kutmagan edim, men uchun juda ko‘p narsani boshidan o‘tkazgan keksalarning yaxshi munosabati juda katta o‘rin tutadi.

U otam ta'lim olgan Buxoro madrasasiga borayotganimni bilgan. Va, meni ko‘rish uchun atayin kelgan, lekin biz uzoq vaqt gaplasha olmadik.

Bo‘ku Umayeva menga kelasi yilning yozida uchrashish istagini bildirdi. Men uni tayyor bo‘lsa, albatta Chechenistonga olib kelaman. Axir, biz aynan ota-onalarimiz, ularning ruhiy kuchi, o‘z vatanlari, xalqiga bo‘lgan muhabbati tufayli hayotimiz bilan qarzdormiz», - degan Ramzon Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov O‘zbekistonda ikki kunlik tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Qodirov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi.

Top