14:20 / 19.10.2017
10979

Yangi Apple qurilmasining videosi tarqaldi

Apple kompaniyasining "Loyiha "Titan" ishchi nomini olgan yangi qurilmasi prototipining videosi tarqaldi. Video ijtimoiy tarmoqqa ishbilarmon Makalister Xiggins tomonidan joylashtirildi. 

Gap avtomobil tomiga o‘rnatilgan kamera va datchiklardan iborat tizim haqida bormoqda. Ular atrofni tahlil qilib, avtopilot yordamida mashinani boshqarish imkonini beradi. TechCrunch shu haqida xabar berdi. 

Xigginsning ma'lum qilishicha, tizim avtomobil atrofidagi kartinani uch barobar kattalashtiruvchi 12 ta "lidar" - maxsus optik skanerni o‘z ichiga olgan. Uning taxminlariga ko‘ra, qurilmaning hisoblovchi qismi yukxonaga yashiringan.

Bundan avval OAVda Apple'ning 2019 yilda o‘z elektromobilini ishlab chiqarish rejalari haqida xabar tarqalgandi, biroq so‘nggi paytlarda ekspertlar kompaniyaning mavjud mashina modellariga o‘rnatish mumkin bo‘lgan avtopilotni yaratishga e'tibor qaratayotgani haqida yozishmoqda.

Mavzuga oid
Top