14:50 / 19.10.2017
22082

Video: Messi o‘yin vaqtida tabletka qabul qildi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining guruh bosqichi 3-turida «Olimpiakos»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida qandaydir tabletka qabul qilgan. Argentinalik futbolchi o‘yin boshidayoq getrasidan tabletkani chiqargan va uni yutib yuborgan. Marca nashrining yozishicha, bu glyukoza edi.

Messi ushbu o‘yinning 61-daqiqasida greklar jamoasi darvozasiga gol urdi, keyinroq Lyuka Dinga golli pas berdi.

Messining goli yevrokuboklardagi 100-goli bo‘ldi.

Top