16:45 / 20.10.2017
6100

Alibaba prezidenti «Internetda ishlab chiqarilgan» yorlig‘i paydo bo‘lishini taxmin qildi

Foto: Getty Images

O‘tgan 50 yil mobaynida xalqaro savdoni 65 mingga yaqin kompaniyalar belgilab berdi, ammo kelajakda bu holat o‘zgaradi. Kelgusi 50-60 yil ichida internet orqali ishlaydigan 60 mln. kichik va o‘rta biznes korxonalari paydo bo‘ladi hamda ular jahon savdo maydonida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Alibaba Group prezidenti Maykl Evans «Yoshlar va talabalar festivali»dagi «Kelajak tasvirlari: umumiy qadriyatlar va shaxsiy hissa» mavzusida bo‘lib o‘tgan munozarada ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RBK.

«Barcha logistika, to‘lov va hisob-kitoblar butun jahon iqtisodiyoti bo‘ylab internet orqali amalga oshiriladi. Bu hech qachon bo‘lmagandi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Ilgari kichik va o‘rta biznes o‘z faoliyatini joylashgan mintaqasidagi hudud bilan cheklashga majbur bo‘lardi. Biznes o‘z mahsulotlarini boshqa hududlarga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. 

«Biz kelajakni shunday ko‘rayapmiz: har bir kichik kompaniya va biznes jahon savdosida ishtirok etadi. Mobil telefoni va o‘z g‘oyalari bo‘lgan har bir kishi o‘z biznesini yaratishi mumkin bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tgan Evans. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Xitoyda ishlab chiqarilgan» (Hindiston yoki AQShda) yorlig‘i «Internetda ishlab chiqarilgan» yorlig‘i bilan almashtiriladi.

Mavzuga oid
Top