18:40 / 20.10.2017
81411

FIFA kimni eng yaxshi futbolchi deb e'lon qilishi ma'lum

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi. Bu haqda Marca nashri ta'kidlamoqda.

Ma'lumki, undan tashqari bu sovringa Lionel Messi («Barselona») va Neymar («PSJ») ham da'vogarlik qilmoqda.

FIFA sovrinlarini topshirish marosimi bu yil 23 oktabr kuni Londonda o‘tkaziladi. Unda bir necha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi: erkaklar orasida eng yaxshi futbolchi, ayollar orasida eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi erkak murabbiyi, eng yaxshi ayol murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi futbolchi. 

Nashrning yozishicha, eng yaxshi murabbiy sovrini «Real» ustozi Zayniddin Zidanga beriladi, eng yaxshi darvozabon - «Yuventus» posboni Janluiji Buffon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ronaldu 13 o‘yinda 12 gol urib, Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va UYeFA talqini bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Top