22:50 / 20.10.2017
17298

Forbes dunyodagi eng boobro‘ kompaniyalar reytingini tuzdi

Foto: EPA

AQShning Forbes nashri dunyoning eng hurmat qilinuvchi kompaniyalari reytingini tuzdi. Bu reytingga turli sohalarda faoliyat yurituvchi 250 ta kompaniya kirgan.

Nashr tahlilchilari talqiniga ko‘ra, bu borada 1-o‘rinni Germaniyaning Siemens kompaniyasi egalladi. 2-o‘rin Fransiyaning shinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Michelin’ga, 3-o‘rin Google’ga egalik qiluvchi AQShning Alphabet kompaniyasiga nasib etgan.

4- va 5-o‘ringa mos ravishda Yaponiyaning Nintendo korporatsiyasi va Walt Disney kinokompaniyasi qo‘yilgan.

Yetakchi o‘ntalikdan shuningdek Carlsberg, Apple, Ferrari, Hilton va Panasonic kompaniyalari o‘rin olgan.

Siemens kompaniyasi elektrotexnika, elektronika, energetik va tibbiyot qurilmalari ishlab chiqarish, transport sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniyaga 1847 yilda asos solingan. 

Top