20:20 / 20.10.2017
12098

Xitoyda birinchi marta sho‘r suvda guruch yetishtirildi

© Fotolia / mamamiapl

Xitoylik olimlar sho‘r suvda yuqori hosildor guruch yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi. 

Yangi nav avval ma'lum bo‘lgan navdan yaratilgan, biroq o‘simlikshunoslar uning hosildorligini deyarli uch barobarga oshirishning uddasidan chiqishdi. Tadqiqotchilar jamoasi rahbari Yuan Lunpinning so‘zlariga ko‘ra, sho‘r tuproqda gibrid guruchni yetishtirish 200 milliondan ziyod kishini boqish imkonini beradi. 

Guruch sotuvga chiqishga ham ulgurdi, lekin uning narxi hozircha oddiy guruch bahosidan sakkiz karra yuqori. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, u o‘ziga xos ta'mga ega. Yangi mahsulotga mingdan ziyod kishi oldindan buyurtma bergan. Guruchni yetishtirish huquqiga egalik qiluvchi Yuan Ce Biological Technology kompaniyasi 10 million yuan daromadga umid qilmoqda. 

Ekologik yer xo‘jaligi instituti direktori Yunnan Na Chjunyuan yangi navni hozircha "dengiz navi" deb atab bo‘lmasligini ta'kidladi. "Dengiz suvi tarkibidagi tuzning o‘rtacha miqdori 4 foizni tashkil qiladi, qirg‘oq suvlari sho‘rligi esa 2 foizdan kam. Yangi guruch navi 6 foizli sho‘r suvda yetishtirilgan", - deya izohladi mutaxassis. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday guruch yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab qilinadi. 

Top