08:16 / 20.10.2017
9794

Neymar soliqlarni to‘lashdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi

Foto: AP

"Pari Sen-Jyermen" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar soliqlarni to‘lashdan bosh tortgani uchun 1,2 mln dollarlik jarimaga tortildi. Bu haqda Catalunya Radio xabar berdi. 

Braziliya sudi futbolchi o‘zini "nohalol" tutgan deb topib, bu  qarorni qabul qilgan.

Jarima Neymarning o‘ziga, uning ota-onasi va 25 yoshli futbolchi bilan birga ishlaydigan 3 ta kompaniyaga taalluqli bo‘ladi.

Joriy yozda "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tgan futbolchi 2011 yildan 2013 yilgacha davr uchun soliq qonunchiligini buzganlikda ayblanib kelinayotgandi.

Top