10:45 / 20.10.2017
34798

Singapurda «arvoh-mashina» tufayli YTH yuz berdi

Singapurda mashinadagi videoqaydnoma uskunasi chorrahada ikkita avtomobilning to‘qnashib ketganini tasvirga oldi. Ulardan biri go‘yoki birdan paydo bo‘lgandek tasavvur uyg‘otadi. Bu ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Foydalanuvchilardan bir qismi hodisani videoqaydnoma ishidagi xatolikka yo‘yishgan bo‘lishsa, video muallifi «arvoh-mashinani» «Kelajakka qaytib»dagi DeLorean bilan taqqosladi.

Foydalanuvchilardan birining taxminicha, aslida mashina ko‘rinmas hududga tushib qolgan va oq BMW bilan bir vaqtda harakatlangan, shuning uchun uni payqashmagan.

Top