10:55 / 20.10.2017
32447

Tarvuz firibgarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shaharchasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Undan shu yilning iyun oyida Paxtaobod tumanida yashovchi 1981 yilda  tug‘ilgan K.D. va Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan K.M.lar, Toshkent shahrida joylashgan “Qo‘yliq” dehqon bozorida 20 mln. so‘mlik tarvuzlarni Andijon tumaniga sotish uchun olib ketib, pullarni to‘rt kunda berishni aytishib, shu kunga qadar berishmagan. 

Hozirgi kunda K.D. va K.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. 

Top