11:03 / 21.10.2017
12647

Buyuk Britaniya IShID bilan kurashga qancha mablag‘ sarflagani ma'lum 

Foto: AP

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi IShID terrorchilik guruhi bilan Suriya va Iroqdagi kurash uchun 1 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarfladi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘lar uch yil ichida sarflangan bo‘lib, Buyuk Britaniya bu vaqt davomida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida bo‘lgan.

Londondagilarning ishonch bildirishicha, jangarilar bilan kurash davom ettirilishi lozim, bu mamlakatdagi terrorizm tahdidini kamaytirishda qo‘l kelishi kerak.

Ta'kidlanishicha, koalitsiyaning so‘nggi muvaffaqiyatiga Suriyadagi Raqqa shahrining ozod etilishi aylangan.

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Raqqaning ozod etilishini «IShID bilan kurashdagi tub burilish» deb atadi.

Avvalroq IShIDdan ozod qilingan Raqqa shahrining ayanchli ahvoli videoda ko‘rsatilgandi.

Top