20:10 / 21.10.2017
25288

KXDR osmonida birinchi marotaba tasvirga olingan 360 darajali video namoyish etildi

O‘ta maxfiy mamlakat ekani aytiladigan Shimoliy Koreya mamlakati haqida tasavvur uyg‘otuvchi 360 darajali ajoyib videotasvirlar namoyish qilindi. Kim Chen In mushtlari bilan dag‘dag‘a qilib, raketalarini sinab ko‘rayotgan bir vaqtda, uning mamlakati ustida aeroplan parvoz qilmoqda va ajoyib tasvirlarni qayd etmoqda. 

KXDR dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri hisoblanishi hech kimga sir emas. Shu boisdan ham jahon OAV mamlakatda bo‘layotgan yangiliklardan har doim ham o‘z vaqtida boxabar bo‘la olmaydi. 

Singapurlik fotograf Aram Pan osmondan 360 darajali videolavha tayyorlash maqsadida Shimoliy Koreya hukumati bilan kelishishga muvaffaq bo‘ldi. Pan birinchi marotaba KXDRga 2013 yilda mehmon bo‘lgan edi. 

Ushbu 360 darajali video yaqinda NK News kanalida e'lon qilindi. 

Mavzuga oid
Top