08:59 / 21.10.2017
7378

«Salomatlik-3» loyihasi Markaziy byurosi nizomiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Salomatlik-3» loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritildi. Qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 16 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 16 sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (2016 yil 3 oktabr) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Salomatlik-3» loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«4. Tuzni yodlashda qo‘llaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur mablag‘larni, shu jumladan chet el valyuta mablag‘larni jamlash maqsadida Markaziy byuroga xizmat ko‘rsatuvchi bankda 22604 — «Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli» maxsus hisob raqamlari ochiladi».

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Hujjat rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top