22:29 / 22.10.2017
4958

Yaponiya parlamentiga saylovlarda g‘oliblar aniqlandi

Foto:RIA Novosti / Kseniya Naka

Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Komeyto partiyasi tuzgan koalitsiya 22 oktabrda Yaponiyadagi parlamentning quyi palatasiga saylovlarda deputatlik mandatlarining uchdan ikkisini qo‘lga kiritib, konstitutsiyaviy ko‘pchilikni ta'minladi.  

Yaponiya vaqti bilan 23 oktabr soat 01.20ga ko‘ra, Liberal-demokratik partiya quyi palatadagi 465 o‘rindan 281 tasini olgan. Uning koalitsiya bo‘yicha hamkori bo‘lgan Komeyto partiyasi 29 ta o‘rin olgan.

Mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgatirish kiritish uchun ikki palataning umumiy deputatlarining uchdan ikki qismi qarori zarur, shundan keyin savol referendumga qo‘yiladi. 

Saylovlarda shuningdek sentabr oxirida tashkil etilgan "Umid partiyasi" 49 ta o‘rin, "Konstitutsiyaviy demokratik partiya" 51 ta o‘rin olgan.

Saylovlar mahalliy vaqt bilan soat 07.00da 47,74 mingta saylov uchastkasida boshlangan. Bir qator hududlarda saylov uchastkalari mamlakatga yaqinlashayotgan "Lan to‘foni sababli soat 16.00da yopilgan. 

Parlament quyi palatasidagi 465 o‘ringa hammasi bo‘lib 1180 nomzod da'vogarlik qilgan.   

Parlament quyi palatasiga saylovlarda ilk bor 18 yoshli fuqarolar ham ishtirok etdilar. Avval saylovlarda ishtirok etishga 20 yoshdan boshlab ruxsat berilgan.

Mavzuga oid
Top