16:00 / 22.10.2017
22832

O‘zbekistondan Misrga uchgan birinchi to‘xtovsiz parvoz Sharm ash-Shayx​ aeroportiga qo‘ndi

Foto: Kun.uz

Bugun, 22 oktabr kuni O‘zbekistondan Misrga uchgan birinchi to‘xtovsiz parvoz Sharm ash-Shayx kurort shahriga yetib bordi. 235 nafar yo‘lovchidan iborat Boeng-767 rusumli havo layneri 5,5 soat mobaynida parvozni amalga oshirgan. Shuningdek, unda sayyohlik agentlikliklarining vakillari ham bo‘lib, ikki xalq o‘rtasida ushbu sohani rivojlantirish masalalari yangi bosqichga chiqqaniga guvoh bo‘lish mumkin.

Axbor al-Yom nashrining yozishicha, oktabr oyining so‘ngida ham yana bir marta shunday parvoz amalga oshiriladi. “Bu Misr davlati uchun ham yangi imkoniyat, O‘zbekiston esa biz uchun yangi sayyohlik markazi bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Misr hukumati shu kunlarda Sharm ash-Shayx xalqaro aeroportidan uchuvchi parvozlar sonini oshirish maqsadida Ozarboyjon, Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya va Italiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Top