10:21 / 23.10.2017
10844

Eronda zilzila yuz berdi

Eron janubida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi markazi Minob shahridan 84 kilometr shimolda joylashgan.

Zilzila o‘chog‘i 30 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Ayni damda vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
Top