13:20 / 24.10.2017
79661

Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi

Toshkent shahrida «Tashkent City» xalqaro biznes markazining qurilishi va uning loyihasi ustida turk me'morlari ish boshlagan.

Ayni paytda Alisher Navoiy va Islom Karimov shohko‘chalari, Olmazor va Furqat ko‘chalari orasida joylashgan 80 gektarga yaqin maydonda qurilish ishlari boshlangan.

Biznes ofislar, mehmonxonalarga mo‘ljallangan binolarni zamonaviy texnologiyalar asosida 40 qavatdan baland bo‘lmagan qilib, turar-joylarni esa 12 qavatdan yuqori bo‘lmagan tarzda qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bu yerda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar, yer osti avtoturargohlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Foto: Alisher Elmurodov
Foto: Mirsaid Mirsolixov
Foto: Mirsaid Mirsolixov
Foto: Mirsaid Mirsolixov
Foto: Mirsaid Mirsolixov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Tashkent City» Xalqaro biznes markazini qurish bo‘yicha Ma'muriy kengashga rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid
Top