16:30 / 26.10.2017
12380

BMW X2 seriyali krossoveri rasman namoyish qilindi

Foto: BMW

BMW kompaniyasi X2 seriyali krossoverini namoyish qildi. Yangi avtomobil sotuvlariga 2018 yilda start beriladi. Bu haqida RBKning AutoNes'ida ma'lum qilindi. 

BMW X2 o‘tgan yilning kuzida Parij avtosalonida namoyish qilingan shu nomli prototipning dizayn va o‘lchamlarini takrorlaydi. Yo‘ltanlamasning umumiy uzunligi 4360 mm'ni, balandligi esa 1526 mm'ni tashkil qiladi. Shu tariqa X2 avtosi X1'dan 49 mm va 69 mm'ga kichik. G‘ildirak asosining hajmi 2670 mm'ga teng.

Yangi avtomobilning yukxona bo‘limi hajmi 470 litrni tashkil qiladi (X1'dan 35 litrga kamroq). Krossover BMW 2-Series Active Tourer va Gran Tourer asosida yotuvchi, shuningdek MINI rusumli avtomobillar liniyasidagidek UKL platformasiga qurilgan.

 

Foto: BMW 
Foto: BMW 

Yangi avto saloni ko‘p jihatdan X1 modelini yodga soladi. Qo‘shimcha to‘lov evaziga iDrive multimedia tizimining 8,8 dyuymli sensor monitori, shu bilan birga, proyektsion  displey ham taqdim etiladi. 

Foto: BMW 
Foto: BMW 

Krossoverning top-versiyasi ishchi hajmi 2 litr bo‘lgan dizel agregati bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil turgan joyidan 6,7 soniyada 100 km/soatgacha tezlasha oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 200 km'ni tashkil qiladi. 

Top