Islom Karimov fondi yangi tanlovni e'lon qildi

Foto: UzDaily
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQSh oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda O‘zbekistonda hamda chet el oliy o‘quv yurtining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.
Buning uchun nomzod Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo) Suv va yer resurslarini boshqarish, Mashinasozlik texnologiyalari, Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyalari, Oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, Arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), Dizayn (mahsulot dizayni, san'at va me'morchilik dizayni), Rassomlik mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim olgan (yoki ayni paytda o‘qishni tamomlayotgan) bo‘lishi shart.
Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash;
- Vatani va xalqining iqtisodiy va ma'naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;
- umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarashi va yuksak axloq sohibi bo‘lishi;
- tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a'lo darajada bilish.
Hujjatlar 2017 yil 6 noyabrdan 17 noyabrgacha Fondning saytiga (fondkarimov.uz) elektron ko‘rinishda yuboriladi. Talab etilgan hujjatlar, tanlov shartlari muddatlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24 uydan yoki +99871 237 3420; 237 3813 telefon raqamlari hamda Telegram messenjeridagi alohida kanal (@fondkarimov) orqali olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi

09:08 / 27.06.2024