21:20 / 27.10.2017
7401

AQSh Ispaniya hukumati tomonida

Kataloniya — Ispaniyaning ajralmas qismidir va AQSh Ispaniya hukumatining mamlakat birligini saqlab qolish uchun konstitutsion choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu fikr AQSh Davlatderpartamenti rasmiysi Hezer Nauert tomonidan bildirildi.

U AQSh va Ispaniya «xavfsizlik va iqtisodiy tartib sohasida umumiy maqsadlarga egaligi»ni ta'kidlab, bu ikki davlat umumiy maqsadlar yo‘lida qalin hamkorlik qilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Bugun, 27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bo‘lganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt o‘tib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi to‘xtatilishi belgilangan. Shu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan chetlashtirib, mintaqada Madridning bevosita boshqaruvini joriy etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top