18:20 / 27.10.2017
133757

Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi 

Foto: O‘zbekfilm

2017 yil 27 oktabr kuni «O‘zbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmati xabar berdi.

Korxonani sog‘lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «O‘zbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.

Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

Mavzuga oid
Top