00:53 / 28.10.2017
7431

Yevroparlament rahbari: Yevropa Ittifoqida hech kim Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi

Foto: flickr.com

Yevropa Ittifoqida hech kim Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi. Bu haqda 27 oktabrda tvitterda  Yevroparlament raisi Antonio Tayani yozdi.

"Bugun Kataloniya parlamentida qabul qilinishi bo‘yicha ovoz berilgan mustaqillik deklaratsiyasi qonun ustuvorligi, Ispaniya konstitutsiyasi va Kataloniyaning nizomiga ziddir. Yevropa Ittifoqida hech kim bu deklaratsiyani tan olmaydi", deb yozgan Tayani.

Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Ispaniya hukumati "kuch qo‘llamasligiga" umid bildirgan.

27 oktabrda Kataloniya parlamenti muuxtoriyatning mustaqil respublika deb e'lon qilinishi rezolyutsiyasini ma'qulladi. Bu hujjat yangi davlat hokimiyat organlarini shakllantirish jaryoni boshlanishini anglatadi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top