10:20 / 29.10.2017
12555

Amerikalik ayol 6 yoshli qizini taksida qoldirib, o‘zi bankni tunagani ketdi

AQShda 28 yoshli ayol 6 yoshli qizini taksida qoldirib, o‘zi bankni tunagani ketgan. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda. 

Foto: New York Daily News

Voqea Long-Aylendda (Nyu-York) yuz bergan. Diana Marini ismli bu ayol 28 oktabrda Chase bankiga kirib, kassirga pullarni berish talabi yozilgan qog‘ozni bergan.

Kassir ham qarshilik ko‘rsatmay, ayolga pullarni bergan. Shundan keyin ayol bankni bamaylixotir tark etib, uni kutib turgan taksiga o‘tirgancha g‘oyib bo‘lgan.

Politsiya Marini ortiga tushib, uni hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ayolga bankni tunash va farzandi hayotiga xavfli vaziyat vujudga keltirish aybi qo‘yilgan.

Top