16:10 / 29.10.2017
17595

Samarqanddan Istanbulga ilk reys amalga oshirilmoqda

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 29 oktabr kunidan boshlab, qishki rejaga asosan parvozlarni amalga oshirishini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, maqsadli yo‘nalishlarda parvozlar soni oshirilib, reyslar geografiyasi «Samarqand» aeroportida ham rivojlantirilishi ta'kidlanmoqda.

Shuningdek, 30 oktabrdan boshlab, Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishida doimiy parvozlar qatnovi rejaga kiritildi. Unga ko‘ra, Airbus A320 va Boeng 757 havo laynerida yo‘lovchilar haftaning har dushanba kunida, 16 noyabrdan boshlab esa payshanba kunlari ham kompaniya xizmatidan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, Amritsarga amalga oshiriladigan parvozlar soni haftasiga ikkita, Seul tomonga haftasiga besh marta qilib ko‘paytirildi. Yil so‘ngida esa Olmaotaga uchadigan samolyotlar qatnovi har kuni yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2018 yilning mart oyidan boshlab, Ostona shahriga amalga oshiriladigan parvozlar soni haftasiga 4 marta bo‘lishi belgilangan.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK dunyoning 23ta davlatiga 52 yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirishga shay ekanini bildirmoqda.

Mavzuga oid
Top