10:15 / 30.10.2017
8217
Reklama

LG NeoChef - yangi mikroto‘lqinli pechka

Foto: LG

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechkasi o‘zida yangi dizaynerlik tendensiyalarini mujassam etib, bir vaqtning o‘zida minimallik joziibasi va yuqori qulaylik bilan ajralib turadi.

LG Electronics kompaniyasi O‘zbekiston bozorida yangi LG NeoChef mikroto‘lqinli pechkalarini taqdim etdi. U o‘zida yuqori qulaylik bilan birga aniqlik ila yo‘g‘rilgan minimal dizaynni mujassam etgan va uyda turli xil mazali taomlarini tayyorlash uchun «aqlli» (Smart Inverter) inverter texnologiyasiga ega.

Foto: LG

Smart Inverter texnologiyasi bilan siz quvvat va haroratni boshqarishning yuqori aniqligini kashf etasiz. LG NeoChef pechkasi taomni bir xil eritadi, qizdiradi va tezroq pishiradi, shu bilan birga foydali moddalarini saqlab qoladi. Bundan tashqari, shokolad, yog‘ va pishloqni yumshatish, yogurt ham tayyorlash mumkin.

Foto: LG

Shuningdek, LG NeoChef pechkani yuvish-artishni yengillashtiradigan qator funksiyalarga ega. Bakteriyalarga qarshi tez tozalanadigan EasyClean qoplamasi mikroto‘lqinli pechkani tozalash jarayonini yanada yengillashtiradi. LG NeoChef pechkasining ichki kamerasi odatdagi mikroto‘lqinli pechkalardan ikki karra tezroqdir. Haqiqatdan ham ushbu mikroto‘lqinli pechkani tozalash uchun gubka yordamida bir necha marta artish kifoya. Bakteriyalarga qarshi qoplama ichki qismining yuzalarida bakteriyalar ko‘payishiga 99,99 foiz to‘sqinlik qiladi.

Foto: LG

LG NeoChef foydalanish qulayligini takomillashtirar ekan, murakkab taomlar tayyorlashni oddiy mashg‘ulotga aylantiradi. Oltita tayanch nuqtasiga ega old aylanuvchi taxtacha yuqori barqarorlikni ta'minlaydi. Bu esa, mabodo tayyorlanayotgan taom qoq markazga o‘rnatilmagan taqdirda ham pechkaga to‘kilib ketishining oldini oladi. Yorituvchi chiroq sifatida energiya tejamkor yorug‘lik diodli chiroq o‘rnatilgan. U odatdagi chiroqlardan 3 karra yorqinroq. Shu boisdan ham foydalanuvchilar taomning tayyorlanish jarayonini kuzatishlari oson bo‘ladi. Garchi NeoChef o‘lchamlari odatdagi mikroto‘lqinli pechkalar kabi bo‘lsa ham foydalanuvchilar ixtiyorida keng ichki qism bo‘ladi. O‘zining ixcham o‘lchami sababli uni har qanday oshxonaga joylashtirish mumkin. Shuning barobarida u yirik va baland taomlarni pishirish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Top