14:20 / 01.11.2017
14716

Foto: Samarqandda harakat xavfsizligi tashviqotida jamoat transportidan foydalanilmoqda

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati shug‘ullanuvchi korxonalar haydovchilari o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat IIB YHX boshqarmasi axborot xizmatining KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, yo‘ldagi harakat ishtirokchilarini hushyorlikka chorlash maqsadida yo‘lovchi tashishi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sariq rangli (taksi) yengil avtomobillar va avtobuslarning orqa oynasiga turli chaqiriqlar va shiorlar yozilmoqda.

Jumladan, «Yo‘llarda bolalarni asraylik!», «Tezlikni oshirib umringni qisqartirma!», «Piyodalarga e'tiborli bo‘laylik!», «Yo‘l harakati qoidasini buzib, boshqa harakat qatnashchilariga xavf tug‘dirma!», «Transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanmang!» kabi va boshqa shu kabi yozuvlar vositasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, harakat xavfsizligiga oid bunday targ‘ibot va tashviqot yozuvlari va chaqiriqlari Samarqand viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1678ta sariq rangli (taksi) yengil avtomobillarga va 136ta yo‘nalishli avtobuslarga yozib chiqilgan.

Mavzuga oid
Top